Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xalqaro tajribaga ega malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 18-35 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlarning dual ta’lim (Ausbildung) tartibida o‘qishi va 20 ga yaqin sohalar bo‘yicha ishlashi uchun yaqindan yordam beradi. Buning uchun siz avvalo nemis tilidan B1 yoki B2 darajadagi sertifikatga ega bo’lishingiz lozzim.
Agar siz oʻzingiz qiziqadigan yo‘nalish bo‘yicha dual ta’lim (Ausbildung) qilsangiz quydagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:
✅ ham o'qish, ham ishlash imkoniyati;
✅ o'qish davomida stipendiya (har oy uchun 800-1150 evrogacha);
✅ o'qish davomiyligi 2,5-3 yil;
✅ 1-yilda 30 kunlik ta'til;
✅ arzon uy-joy topishda ko'maklashish.
Agar sizda texnikum (3 yildan kam bo‘lmagan) yoki bakalavr diploma bo’lsa oʻzingiz qiziqadigan yo‘nalish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:
✅ qonuniy 1-yillik shartnoma asosida ishlash imkoniyati;
✅ Har oy 1500-2500 evrogacha oylik maosh (yo’nalishiga qarab);
✅ o'qish davomiyligi 2,5-3 yil;
✅ 1-yilda 30 kunlik ta'til;
✅ Haftasiga 5 ish kuni (40 soat)